Sakkiz fan. Ikki bosqich. Har filialda, har fan bo‘yicha yigirma nafar g‘olib o‘quv granti oladi.
8-sinf · o‘zbek tilida
Ro‘yxatdan o‘tishda bitta fanni tanlaysiz. Tanlov barcha bosqichlar uchun yakuniy hisoblanadi. 5–6-sinf o‘quvchilari matematika va ingliz tilidan birini tanlaydi.
Tanlov davlat, nodavlat, xususiy va ixtisoslashtirilgan — barcha turdagi maktablar o‘quvchilari uchun teng asosda ochiq.
Har ishtirokchi faqat bir marta va haqiqiy ma’lumotlari bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Tanlangan filial oflayn bosqichda qatnashish manzili hisoblanadi.
Har ikki bosqich bir xil formatda: 30 ta savol, 60 daqiqa, maksimal 100 ball.
Telegram bot orqali uydan turib topshiriladi. Barcha fanlar bir kunda, har fan uchun vaqt alohida belgilanadi.
O‘zingiz tanlagan Registon filialida topshiriladi. G‘oliblar shu bosqich natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Savollar murakkablik darajasiga ko‘ra uch blokka bo‘linadi. Noto‘g‘ri javob uchun ball ayirilmaydi.
Ballar teng kelsa, g‘olib qo‘shimcha test orqali aniqlanadi.
Siz butun respublika bilan emas, o‘z filialingizda o‘z faningizni tanlaganlar bilan raqobat qilasiz.
Tanlagan faningiz bo‘yicha 2 oylik o‘quv kursi. 2027-yil 10-yanvarigacha amal qiladi.
Grant imtihon topshirgan filialingizga biriktiriladi. Fan o‘sha filialda bo‘lmasa, mavjud fanlardan birini tanlashingiz mumkin.
Grant pulga almashtirilmaydi va boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi.
Ism, telefon, sinf, fan, test tili va o‘zingizga yaqin filial. Bir necha daqiqa vaqt oladi.